Узбек O'zbek
Aguero ikki tarixiy marrani zabt etdi
Dushanba, 11 Fevral
4039

«Manchester Siti» hujumchisi Serxio Aguero APL 26-turida «Chelsi» darvozasiga uchta to‘p kiritdi.

Squawka ma’lumotiga ko‘ra, Aguero ushbu natijadan so‘ng Erik Buk va Tommi Jonsondan o‘zib ketib, «Manchester Siti»ning APLdagi eng yaxshi to‘purariga aylandi.

U, shuningdek, Premer-liga tarixida eng ko‘p het-trik muallifi bo‘lgan Alan Shirerga yetib oldi. Har ikki futbolchi 11 marotabadan het-trik qayd etishgan.

30 yoshli argentinalik hujumchi APLning joriy mavsum to‘purarlari bahsida ham «Liverpul» a’zosi Muhammad Salohga tenglashib oldi. Endilikda har ikki hujumchi hisobida 17tadan gol bor.

Yana bir fakt – yakka Agueroning o‘zi yangi yildan buyon Angliya chempionatida «Chelsi»dan ko‘proq gol urdi: 2019 yil bo‘yicha Serxioda 7, «ko‘klar» hisobida 6ta gol bor.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz