Узбек O'zbek
Foto: «Atletiko» «Real» bilan o‘yindagi bahsli holatlar suratlarini namoyish qildi
Yakshanba, 10 Fevral
13671

«Atletiko» klubining rasmiy tvitterida Ispaniya chempionatining 23-turida «Real»ga qarshi o‘yindagi (1:3) bahsli vaziyatlardan skrinshotlar keltirildi.

Klub akkauntidagi stop-kadrlarga o‘ychan smaylik ilova qilingan.

«Atletiko» e’tiborni 3ta epizodga qaratgan.

Ikkinchi bo‘lim boshida «Real» yarimhimoyachisi Kazemiro  «Atletiko» hujumchisi Alvaro Morataga oyoq qo‘ygan, ammo arbitr Xaver Estrada Fernandes qoida buzilishini qayd etmagan.

Birinchi bo‘lim oxirida esa referi Xose Ximenesning Vinisius Juniorga qo‘polligi uchun penalti belgilagan, bu vaziyatda hakam qo‘pollik jarima maydoni tashqarisida yoki ichkarisida bo‘lganini aniqlash uchun videotakrorga (VAR) murojaat qilgan, lekin yakunda qarorini o‘zgartirmagan.

«Atletiko» shuningdek, 55-daqiqada Morataning goli ofsayd tufayli bekor qilinganini ham eslatib o‘tgan. Bu vaziyatda Alvaro Morata gol urgan vaziyatda hakam ofsayd qayd etdi. Tasvirlardan ko‘rinib turibdiki, «Real»ning sobiq hujumchisi to‘p uzatilishi vaqtida sobiq jamoadoshlari bilan bitta chiziqda turgan.

«Real» «Atletiko»ni qariyb ikki yildan buyon ilk marta mag‘lub etdi. 2017 yil mayidan keyin jamoalar barcha turnirlar doirasida jami 5 marta to‘qnashgan: uch marta durang qayd etilgan, bir marta Simeone jamoasi asosiy vaqtda g‘alaba qozongan, yana bir marta (Yevropa Superkubogi o‘yinida) – qo‘shimcha vaqtda g‘alaba qozonilgan. «Atletiko» «Real»ga oxirgi marta 2016 yilning noyabrida o‘z uyida yutqazgandi (0:3).

«Atletiko» qatorasiga ikki o‘yinda mag‘lub bo‘ldi, jamoa oxirgi marta bunday holatga 2016 yilning noyabrida tushgandi.

«Real» chempionatda qatorasiga beshinchi o‘yinda g‘alaba qozondi (to‘plar nisbati – 14:4). Jamoa oxirgi marta bunday seriyani 2016/17 yilgi mavsumda (qatorasiga 6 g‘alaba, plyus yangi chempionatning ilk turidagi g‘alaba).

Solari jamoasi endi La Ligada ikkinchi o‘rinni mustahkamladi. «Barselona» bilan oradagi farq 5 ochkoga qisqargan. 3 mart kuni Madridda Klasiko o‘yini bo‘lib o‘tadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz