Узбек O'zbek
Messi mart oyida Argentina termasiga qaytishi uchun marokashliklar yarim million funt to‘lashmoqchi
Shanba, 09 Fevral
4078

Marokash futbol federatsiyasi Argentinaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida «Barselona» hujumchisi Lionel Messining ishtiroki uchun Argentina futbol federatsiyasiga 450 ming funt to‘lashga tayyor. Bu haqda AS xabar bermoqda.

O‘rtoqlik bahsi 26 mart kuni Rabotdagi Shahzoda Mula Abdulla nomidagi stadionda bo‘lib o‘tishi belgilangan. Avvalroq Messi tez orada Argentina termasiga qaytishi xabar qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, Leo oxirgi marta o‘z yurti termasi libosida JCH-2018 nimchorak finalidagi Fransiyaga qarshi bahsda maydonga tushgan edi. Shundan so‘ng u asosiy e’tiborini klub futbolidagi faoliyatiga qaratgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz