Узбек O'zbek
Fransiyalik iqtidor «Bavariya»ga o‘tishi mumkin
Shanba, 09 Fevral
2544

«Bavariya» klubi «Lill» yarimhimoyachisi Nikolya Pepe uchun kurashmoqchi.

Le10Sport xabariga ko‘ra, myunxenliklar 23 yoshli futbolchi bilan yozda shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.

Ayni paytda, Nikolya Pepe Fransiya chempionatining eng yorqin kashfiyoti bo‘lib turibdi. Futbolchi Liga 1 doirasida 23ta o‘yin o‘tkazib, 16ta gol urgan va 11ta golga hammualliflik qilgan. «Gol+pas» tizimi bo‘yicha Pepe 27 ochko jamg‘arib, Neymardan (20 ochko) ancha o‘zib ketgan, Mbappedan esa atigi 1 ochko ortda bormoqda.
 
Uning xizmatiga «Barselona», «Manchester Siti» va «Arsenal» ham qiziqmoqda. 

«Lill» Pepeni kamida 50 million yevroga qo‘yib yuborishga tayyor.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz