Узбек O'zbek
Samolyot qulagan joydan topilgan jasad futbolchi Salaniki ekani tasdiqlandi
Juma, 08 Fevral
15109

O‘tgan hafta bortida «Kardiff» hujumchisi Emiliano Sala va uchuvchi Devid Ibbotson bilan halokatga uchragan samolyotdan topilgan jasadning shaxsi aniqlandi.

Britaniyaning Dorset grafligi politsiya boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, politsiya identifikatsiya jarayoni yakunlanganini ma’lum qilgan, ekspertiza halok bo‘lgan passajir Sala ekanini tasdiqlagan.

21 yanvar kuni Fransiyaning Nant shahridan Uelsning Kardiff shahriga qarab uchgan samolyot manzilga yetishiga bir soat qolganida radarlardan yo‘qolib qolgan edi, uning qoldiqlari 3 fevral kuni La-Mansh bo‘g‘ozidan topildi. Samolyot bortida aniqlangan jasad 7 fevralda Britaniya Aviatsiya hodisalarini tekshirish byurosi va futbolchining qarindoshlari yollagan kompaniya tomonidan suvdan olib chiqilgan edi.

Samolyotda Emilianodan tashqari faqat 60 yoshli uchuvchi Devid Ibbotson bo‘lgan. Keyinroq uchuvchining yo‘lovchilarni tashish uchun litsenziyasi bo‘lmagani aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli Sala «Nant» klubidan «Kardiff»ga qishki transfer mavsumida o‘tgan, 15 mln funt qiymat bilan u britan klubi tarixidagi eng qimmatbaho futbolchiga aylangan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz