Узбек O'zbek
Yevropaning yana bir davlati Yevro-2028 mezbonligi uchun da’vogarlik qilishini bildirdi
Juma, 08 Fevral
3866

Italiya 2028 yilgi Yevropa chempionatini o‘tkazish uchun ariza topshirishi mumkin. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi prezidenti Garbriele Gravina ma’lum qildi.

«Yevro-2028ning Italiyada bo‘lishi – dasturimizning bir qismi hisoblanuvchi asosli g‘oya, ya’ni u bor-yo‘g‘i o‘y-xayol emas.

Ushbu loyiha mamlakatimizda entuziazmni keltirib chiqaradi, shuningdek, sport infratuzilmasini yaxshilashning tayanchiga aylanadi. UEFA bu istagimizni qondirishiga umid qilyapman», – dedi Gravina.

Eslatib o‘tamiz, Yevro-2020 qit’aning 12 shahrida, Yevro-2024 esa Germaniyada bo‘lib o‘tadi. 

Bunga qadar 4 mamlakat – Serbiya, Gretsiya, Ruminiya va Bolgariya 2028 yilgi qit’a birinchiligi uchun qo‘shma ariza topshirishi e’lon qilingan edi. Shuningdek, Angliya ham ushbu turnir mezbonligiga qiziqish bildirgan; Ispaniya va Portugaliyaning birgalikda ariza topshirish niyati borligi ma’lum. Bundan tashqari, yana to‘rtta davlat –Daniya, Finlyandiya, Norvegiya va Shvetsiya mamlakatlari ham qo‘shma ariza bilan chiqishi ehtimoli bor.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz