Узбек O'zbek
Italiyada futbolchining jarohat olishi tufayli uchrashuv 1-daqiqadayoq tugatildi
Yakshanba, 03 Fevral
20219

Italiya V seriyasining 22-turida “Lechche” va “Askoli”o‘rtasidagi uchrashuv oxirigicha o‘ynalmadi. Uchrashuvning 1-daqiqasidayoq “Lechche” yarim himoyachisi Manuel Skavone “ikkinchi qavat”dagi kurashda mehmon jamoa o‘yinchisi Jakomo Beretta bilan to‘qnashib ketgan.

Oqibatda Skavone havodayoq xushini yo‘qotib, maydonga qulagan. Uchrashuv shu ondayoq to‘xtatilib, maydonga tez yordam mashinasi chiqqan va 31 yoshli futbolchini shifoxonaga olib ketgan. 

Qolgan futbolchilar voqeadan shokka tushib, hakamdan o‘yinni boshqa kunga ko‘chirishni so‘rashgan. Bosh hakam yordamchilari bilan maslahatlashib, bunga rozi bo‘lgan. Uchrashuvning yangi sanasi keyinroq e’lon qilinadi.

Italiya OAV ma’lumotlariga ko‘ra, jarohat olgan futbolchining ahvoli barqaror, u shifoxonada xushiga  kelgan. Futbolchida ichki qon ketishlar aniqlanmagan, biroq uni 1-2 kunga shifokorlar nazoratida qoldirishga qaror qilingan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz