Узбек O'zbek
Yaponiya termasi Osiyo kubogi finalidan keyin kiyinish xonasini tozalab ketdi
Shanba, 02 Fevral
8790

Yaponiya terma jamoasi kecha Qatarga qarshi bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogi final o‘yinidan so‘ng kiyinish xonasini tartibga keltirgan holda tark etishdi.

Jamoa 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa-da, o‘z an’anasiga muvofiq, kiyim almashtirish xonasini ozoda ko‘rinishga keltirgan va doskaga ingliz, arab va yapon tillarida «Rahmat» deb yozishgan. Ayni holat aks etgan suratni Osiyo Kubogining rasmiy tvitter sahifasida ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Yaponiya terma jamoasi 2018 yil yozida Rossiyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida ham xuddi shu taxlit ish tutishgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz