Узбек O'zbek
Osiyo Kubogi shaxsiy sovrinlarini qatarlik futbolchilar qo‘lga kiritishdi 
Juma, 01 Fevral
4733

Birlashgan Arab Amirliklarida Osiyo Kubogi yakuniga yetdi. Finalda Qatar terma jamoasi Yaponiyani 3:1 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk marotaba Osiyo chempioni bo‘ldi.

Musobaqa g‘olibi sifatida qatarliklar 5 million dollarga ega bo‘lishdi. Finalchi Yaponiya – 3 million, yarimfinalchilar BAA va Eron 1 million, qolgan terma jamoalar 200 ming dollar mukofot olishdi.

Yaponiya eng intizomli terma jamoa sifatida Feyr-pley sovrinini qo‘lga kiritdi.

Shaxsiy sovrinlarning barchasi qatarlik futbolchilarga nasib qildi.

Musobaqaning eng yaxshi to‘purari – Ali Almu’iz (Qatar, 9ta gol). 

Eng yaxshi futbolchi – Ali Almu’iz (Qatar).     

Eng yaxshi darvozabon – Sa’d Ash-Shib (Qatar).

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz