Узбек O'zbek
Nikimbayev: «Qatar terma jamoasining yutug‘i – yoshlarga e’tibor qaratishda» 
Juma, 01 Fevral
3473

O‘zbekistonlik futbol mutaxassisi va jurnalist Alisher Nikimbayev Qatar terma jamoasining Osiyo Kubogidagi shov-shuvli g‘alabasi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Qatar terma jamoasi Osiyo chempioni bo‘ldi. Barcha 7ta o‘yinda umumiy 19:1 hisobida g‘alaba qozondi. Vaholanki, 1,5 yil oldin bu jamoa Jahon chempionati saralash guruhida so‘nggi o‘rinni egallagan edi.

Qatarliklar bu muvaffaqiyatsizlikdan to‘g‘ri xulosa chiqardilar. O‘sha paytdagi va hozirgi terma jamoa tarkibini taqqoslab ko‘ramiz. Oldingi bosh murabbiy Xorxe Fossatti so‘nggi o‘yinida Janubiy Koreyani 3:2 hisobida mag‘lub etgan edi. Uning jamoasida 23 futbolchidan atigi 9 nafari qatarlik edi. Hozir esa Qatar tarkibida 16 nafar shunday futbolchi bor. Bundan tashqari, hozirgi tarkib avvalgisidan o‘rtacha 3 yilga yoshroq. 

Tarkibning yoshartirilishida ispaniyalik mutaxassis Feliks Sanchesning xizmati katta bo‘ldi. Mahalliy futbolchilarni terma jamoa uchun yetishtirib berishda esa Qatar Futbol Assotsiatsiyasi va klublarning say’-harakatlarini qayd qilish lozim. Assotsiatsiya bolalar va o‘smirlar futboliga jiddiy e’tibor qaratdi. Klublar esa yoshlarni terma jamoa darajasida tarbiyalab berishdi», - deb yozdi mutaxassis Futbolium kanalida.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz