Узбек O'zbek
Ignatiy Nesterov Osiyo Kubogida eng ko‘p seyv ijro etgan darvozabon bo‘ldi
Juma, 01 Fevral
5930

O‘zbekiston terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterov, katta ehtimol bilan, BAAda yakunlanayotgan Osiyo Kubogida eng ko‘p seyvni amalga oshirgan darvozabon bo‘ladi.

35 yoshli Nesterov musobaqaning 4ta o‘yinidan 2tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qolib, jami 21ta seyvni amalga oshirdi.

Ignatiydan keyingi o‘rindagi, O‘zbekiston kabi nimchorak finaldan kurashni to‘xtatgan Iordaniya termasi posboni va sardori Amir Shofiy o‘z darvozasiga yo‘llangan 20ta zarbani qaytarib qolishga erishgan. Iordaniyani musobaqadan chiqarib yuborib, o‘zi chorak finalda ishtirokini yakunlagan Vetnam darvozaboni Dang Van Lam 16ta seyv bilan yuqori uchlikni yakunlab berishi mumkin.

Statistikaga ko‘ra, finalchilar Yaponiya va Qatar terma jamoalari posbonlari Shuichi Gonda va Sa’d Ash-Shiyb mos ravishda 11 va 10tadan seyv namoyish etishiga to‘g‘ri kelgan. Bu borada Ash-Shiybning ko‘rsatkichini e’tirof etish mumkin, u finalgacha bo‘lgan 6ta bahsni to‘liq o‘tkazib, o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi, aniq yo‘llangan 10ta zarbaning barchasini muvaffaqiyatli bartaraf etdi.

Eslatib o‘tamiz, BAA-2019 Ignatiy Nesterov uchun beshinchi Osiyo Kubogi bo‘ldi. Bu – turnirdagi rekord natija. Musobaqadan so‘ng u tez orada terma jamoadagi faoliyatiga yakun yasashini ma’lum qildi. Yanvar oyi oxirida esa «Lokomotiv»dan Saudiya Arabistonining «Uhud» klubiga o‘tdi.

«Tribuna.uz» tomonidan 10 mingdan ortiq respondent ishtirokida o‘tkazilgan so‘rovnomada Nesterov O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz