Узбек O'zbek
Qatar terma jamoasi hujumchisi Osiyo Kubogi rekordini o‘rnatdi
Juma, 01 Fevral
9791

Qatar terma jamoasi hujumchisi Ali Almuiz Osiyo Kubogi finalida Yaponiya terma jamoasi darvozasini ishg‘ol qildi (o‘yin davom etyapti, hisob 2:0).

Bu 22 yoshli futbolchining musobaqadagi 9-goli bo‘ldi. Natijada, Almuiz Osiyo Kubogi rekordini o‘rnatdi, deb xabar beradi Opta Sports. 

Avvalgi eng yaxshi natija Eron terma jamoasi hujumchisi Ali Daiyga tegishli bo‘lib, 1996 yilda u 8ta gol urgan edi.

Qayd qilish joizki, qatarliklar yarimhimoyachisi Akrom Afif finalda 2ta golli uzatmani amalga oshirdi. Umumiy hisobda esa unda 10ta golli uzatma bor.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz