Узбек O'zbek
«Spartak» Moskva derbisida «Lokomotiv»ni yirik hisobda mag‘lub etib, sovrin egasiga aylandi
Chorshanba, 30 Yanvar
1869

Moskvaning «Spartak» klubi Qatarda bo‘lib o‘tgan «Fonbet Match Premer» kubogi o‘rtoqlik musobaqasining g‘olibiga aylandi. «Qizil-oqlar» final o‘yinida hamshaharlari «Lokomotiv»ni 4:0 hisobida mag‘lub etishdi.

O‘yinning 1-daqiqasidayoq himoyachi Ayrton Lukas hisobni ochdi. Bo‘lim o‘rtalarida Aleksandr Lomovitskiy farqni ikkitaga oshirdi. Keyingi taym oxiridagi Ze Luishning dubli «Spartak»chilarga o‘rtoqlik o‘yinidagi yirik g‘alabani keltirdi.

«Spartak» musobaqa doirasidagi oldingi ikki o‘yinda ham g‘alaba qozongan, «Rostov» (2:1) va «Zenit»dan (3:0)dan ustun kelgan edi. Shu tariqa 9 ochko to‘plagan jamoa 5 ochko jamg‘argan «Lokomotiv», «Zenit» (3 ochko) va «Rostov»ni (1) ortda qoldirdi.

Spartak – Lokomotiv – 4:0 (2:0)
Golы: 1:0 – Ayrton (1), 2:0 – Lomovitskiy (31), 3:0 – Ze Luish (84), 4:0 – Ze Luish (86).

Eslatib o‘tamiz, Rossiya chempionatining birinchi davrasini «Zenit» peshqadam sifatida yakunlagan, undan keyingi o‘rinlarda mos ravishda «Krasnodar», SSKA, «Spartak» va «Lokomotiv» klublari band etgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz