Узбек O'zbek
Ozmun ikki kun ichida klubini o‘zgartirishi mumkin
Chorshanba, 30 Yanvar
5912

Sankt-Peterburgning «Zenit» klubi Qozonning «Rubin» jamoasi hujumchisi Sardor Ozmun xaridi bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqdi. Bu haqda « BIZNES Online» xabar tarqatgan.

Manbaga ko‘ra, piterliklar Eron terma jamoasi yetakchisi uchun 10 mln yevro taklif etib, rasmiy maktub bilan chiqishgan. Ammo dekabr oyi oxirida bosh murabbiy Qurbon Berdiyev va sport direktori Rustem Saymanov o‘z intervyularida Ozmunni 15 mln yevroga baholashayotgani haqida aytishgan edi.

Hozirda muzokaralar davom etmoqda; kompensatsiya summasi, bonuslar va bo‘lajak xariddan to‘lanadigan foizlar kabi masalalarni muhokama qilinyapti. Nashr manbasi tomonlar 11-12 mln yevro narxda to‘xtalishlarini taxmin qilgan.

Ta’kidlanishicha, «Zenit»ga hamon tergov izolyatorida qolayotgan Aleksandr Kokorinning o‘rniga uning o‘zi kabi mahsuldor hujumchi kerak. Sergey Semak jamoasidagi Artyom Dzyuba va Anton Zabolotniy bunday darajadagi futbolchilar emas.

Ayni paytda, Ozmunga «Galatasaroy» va «Vulverhempton» klublaridan ham norasmiy takliflar borligi aytilmoqda. Ular eronlik futbolchini ijaraga olishga qiziqishmoqda.

Ma’lumot uchun, Rossiyada transfer oynasi 23 fevralda yopiladi. Ammo «Zenit» Yevropa Ligasining bahorgi mavsumi uchun zayavkani ikki kun ichida – 1 fevralga qadar UEFAga topshirishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli hujumchi Eron terma jamoasi bilan Osiyo Kubogida yarim finalga qadar yetib bordi va final yo‘lidagi bahsda Yaponiyaga yirik hisobda yutqazdi. Sardor turnirda 4ta gol muallifi bo‘ldi. U RPLning bu mavsumidagi 14 o‘yinda shuncha gol urgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz