Узбек O'zbek
Qarzga botgan «Anji»ning stadionidagi gazon ko‘chirib ketilmoqda
Chorshanba, 30 Yanvar
4568

Maxachqalaning «Anji» klubi to‘lovlarni amalga oshirmagani uchun stadioni gazoni ko‘chirib olib ketilmoqda. «Chempionat.com» xabariga ko‘ra, maydon o‘rniga konsert maydoni qurish rejalashtirilgan.

Shu tariqa, RPL ishtirokchisi «Anji» mavsumning ikkinchi yarmida o‘z maydonida o‘yin o‘tkaza olmaydigan bo‘ldi. Hozirda uy o‘yinlari uchun Grozniy va Krasnodar shahridagi stadionlar variant sifatida ko‘rib chiqilmoqda.

Avvalroq Maxachqa’la klubining yangi bosh direktori Absalutdin Agaragimov klubning qarzlari 78 mln rublni tashkil etishini ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, «Anji» birinchi davrani 16 jamoa orasidan 15-o‘rinda yakunladi. «Sariq-yashillar» 5 fevraldan ikki haftalik ikkinchi yig‘in uchun Turkiyaga jo‘nab ketishadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz