Узбек O'zbek
«Zenit» Rakitskiy transferini e’lon qildi
Seshanba, 29 Yanvar
1803

Donetskning «Shaxtyor» klubi markaziy himoyachisi Yaroslav Rakitskiy rasman Sankt-Peterburgning «Zenit» klubi a’zosiga aylandi.

«Zenit» rasmiy saytidagi e’londa transfer summasi oshkor etilmagan, ammo avvalroq matbuotda bu miqdor 12 mln yevro ekani ma’lum qilingandi. 29 yoshli ukrainalik yangi klubi bilan 2022 yil yozigacha muddatga shartnoma imzolagan.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli Rakitskiy – «Shaxtyor» tarbiyalanuvchisi. U 2009 yildan buyon klub asosiy jamoasida to‘p surib kelgan. Yaroslav Donetsk klubi tarkibida 325ta o‘yinda qatnashib, 14ta gol urgan va 30ta golga assistentlik qilgan. U olti martadan Ukraina chempioni va kubogi sohibi bo‘lgan, 3 marta Superkubokni qo‘lga kiritgan. Premer-liganing joriy mavsumida u 11ta o‘yinda qatnashib, bitta gol muallifi bo‘lgandi.

Rakitskiy Ukraina terma jamoasi safida 54ta o‘yin o‘tkazib, 5ta gol urgan; 2012 va 2016 yilgi Yevropa chempionatlarida qatnashgan.

Eslatib o‘tamiz, «Zenit» Rossiya chempionatining 17ta turidan so‘ng 34 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz