Узбек O'zbek
«Zenit» argentinalik himoyachi transferini kelishib oldi
Seshanba, 29 Yanvar
1525

«Zenit» Portugaliyaning «Sporting» klubi himoyachisi Markos Akunya bilan shartnoma imzolashga yaqin.

A Bola xabariga ko‘ra, piterliklar argentinalikning 16 million yevrolik transferini kelishib olishgan. Bu qiymat bonuslar bilan yana 4 million yevroga oshishi mumkin.

27 yoshli Akunyaning «Sporting» bilan imzolagan shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan. Uning tovon puli 60 million yevroga teng. Portugaliya chempionatining joriy mavsumida argentinalik futbolchi 15ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan va 4ta golga hammualliflik qilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz