Узбек O'zbek
«PSJ» Paredesning agentlari bilan kelisha olmayapti
Seshanba, 29 Yanvar
1118

«PSJ» Leandro Paredesning agentlari bilan kelishuvga erisha olmayapti. Le Parisien`ning yozishicha, muzokaralar bir necha soat davom etgan, ammo parijliklar «Zenit»ning sobiq a’zosi vakillarini komission to‘lovlar borasida ko‘ndira olishmagan.

Ma’lum qilinishicha, Paredes allaqachon Fransiya poytaxtiga yetib borgan va o‘zi uchun 8-raqamni tanlagan. Argentinalik futbolchi «PSJ» bilan 4,5 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda. OAVda «Zenit» transfer uchun 45 mln yevro olishi borasida ma’lumot bor.

Xarid haqida yakshanba kuniyoq e’lon qilinishi kutilgan edi, ammo «PSJ» sport direktori Antero Enrike bitimning ba’zi shartlari ustida qo‘shimcha muzokara o‘tkazishga qaror qilgan.

24 yoshli Leandro Rossiya Premer-Ligasining joriy mavsumida 15 uchrashuvda maydonga tushgan va 3 gol urib, 2 golga uzatma bergan. Paredes Yevropa Ligasida ham 7 o‘yin o‘tkazib, 1 gol urgan va 1 golga hammualliflik qilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz