Узбек O'zbek
Qatar terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ko‘rsatkichini takrorladi
Seshanba, 29 Yanvar
8679

Qatar terma jamoasi Osiyo Kubogi yarimfinalida BAA terma jamoasini 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Natijada, qatarliklar ustozi Feliks Sanches Bas O‘zbekiston terma jamoasi ustozi Mirjalol Qosimov ko‘rsatkichini takrorladi.

2014 yil oktyabr oyida Qosimov boshchiligidagi milliy jamoa BAA maydonidagi o‘rtoqlik o‘yinida mezbonlarni 4:0 hisobida mag‘lub etishgandi. Gollarga Timur Kapadze, Server Jeparov va Navro‘z Alimov mualliflik qilishdi. Yana bir golni himoyachi Muhammad G‘arib o‘z darvozasiga yo‘llab qo‘ydi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz