Узбек O'zbek
«Zenit» 12 mln yevroga tajribali himoyachi sotib olmoqda
Dushanba, 28 Yanvar
2100

Donetskning «Shaxtyor» klubi himoyachisi Yaroslav Rakitskiy tez orada «Zenit» bilan shartnoma imzolaydi, deb xabar bermoqda «Sport-Ekspress». Nashr ma’lumotiga ko‘ra, u tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgan.

Transfer to‘g‘risida yaqin fursatlarda xabar qilinishi, piterliklar Rakitskiy uchun 12 mln yevro to‘lashi aytilmoqda. Futbolchining maoshi yiliga 2,5 mln yevroni tashkil etadi.

Yaroslav yangi jamoasining ikkinchi yig‘inidan oldin Sankt-Peterburgga yetib kelishi kutilmoqda. «Zenit» 1-10 fevral kunlari Ispaniyada yig‘in o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli Rakitskiy – «Shaxtyor» tarbiyalanuvchisi. U 2009 yildan buyon klub asosiy jamoasida to‘p surib kelgan. Donetsk klubi tarkibida olti martadan Ukraina chempioni va kubogi sohibi bo‘lgan. Premer-liganing joriy mavsumida u 11ta o‘yinda qatnashib, bitta gol muallifi bo‘lgandi.

Rossiya chempionatida esa «Zenit» 17ta turdan so‘ng 34 ochko bilan musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz