Узбек O'zbek
Osiyo Kubogi. Yaponiya Eronni ortda qoldirib, finalga chiqdi
Dushanba, 28 Yanvar
9596

Osiyo Kubogida dastlabki yarimfinal o‘yini o‘tkazildi.

Yaponiya terma jamoasi Eron bilan bellashib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Har uchala gol ikkinchi bo‘limda urildi. 56-daqiqada Osako qanotdan oshirilgan to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘llagan bo‘lsa, 67-daqiqada uning o‘zi penaltini aniq amalga oshirdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Haraguchi yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Yaponiya terma jamoasining finaldagi raqibi 29 yanvar kuni o‘tkaziladigan BAA – Qatar o‘yinidan so‘ng aniqlanadi. Final 1 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Osiyo Kubogi, 1/2 final
28 yanvar
Eron – Yaponiya 0:3
Gollar: Osako (56, 67 pen), Haraguchi (90+1)

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz