Узбек O'zbek
Belgiya klubi Ozmunni o‘zi uchun rekord qiymatda sotib olishi mumkin
Dushanba, 28 Yanvar
5715

Eron terma jamoasi hujumchisi Sardor Ozmun faoliyatini Belgiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Het Nieuwsblad nashri ma’lumotiga ko‘ra, «Rubin» a’zosi «Anderlext» klubining transfer nishoniga aylangan. Bryussel shahri jamoasi hujum chizig‘idagi muammolariga 24 yoshli eronlik transferi yordamida yechim topmoqchi.

Shu bilan birga, xabar qilinishicha, Ozmunning xaridi «Anderlext» uchun rekord qiymatdagi transfer bo‘lishi mumkin. Chunki qozonliklar Sardor uchun 10 mln yevro so‘rashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ozmun hozirda Eron terma jamoasi bilan Osiyo Kubogida ishtirok etmoqda. U yarim finalgacha bo‘lgan beshta o‘yinda o‘z hisobiga 4ta gol va 1ta golli pas yozib qo‘ydi. Bugun forslar Toshkent vaqti bilan soat 19:00da final yo‘llanmasi uchun Yaponiyaga qarshi maydonga chiqishadi.

Avvalroq rus matbuotida «Rubin» moliyaviy qiyinchiliklar sabab Ozmunni sotib yuborishga tayyor ekani haqida xabar tarqalgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz