Узбек O'zbek
«Inter» «Arsenal» bilan futbolchi almashishga rozi bo‘lmadi
Yakshanba, 27 Yanvar
3825

«Arsenal» «Inter» bilan Ivan Perishich transferi borasida kelishuvga erisha olmadi.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, londonliklar klubi mavsum yakuniga qadar 29 yoshli xorvatiyalik futbolchini ijaraga olishni, keyin yozda uning transfer huquqini sotib olishni mo‘ljallashgandi.

Milanliklar klubi uni birato‘la 35-40 million yevroga sotishni maqsad qilgan.

Bundan tashqari, «Inter»ni Perishichni «Arsenal» havbeki Mesut O‘zilga almashtirish varianti ham ma’qul kelmagan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz