Узбек O'zbek
Pochettino Raboni «Tottenhem»ga o‘tishga ko‘ndirmoqchi
Payshanba, 24 Yanvar
2583

«Tottenhem» klubi «PSJ» yarimhimoyachisi Adrian Rabo uchun kurashga qo‘shildi.

«Shpor»lar ustozi Maurisio Pochettino 23 yoshli fransiyalik bilan suhbatlashib, uni jamoasi tarkibiga qo‘shilishga ko‘ndirmoqchi.

Avvalroq, Rabo «Barselona» bilan og‘zaki kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Futbolchining «PSJ» bilan imzolagan shartnomasi muddati shu yil yozda nihoyasiga yetadi. 

Joriy mavsumda Rabo 20ta o‘yin o‘tkazib, 2ta gol urgan va shuncha golga hammualliflik qilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz