Узбек O'zbek
Manba: "PSJ" va "Zenit" Paredes transferi borasida kelishuvga erishishga yaqin
Payshanba, 24 Yanvar
1527

"PSJ" "Zenit" bilan peterburgliklar yarimhimoyachisi Leandro Paredes transferi borasida kelishuvga erishishga yaqin. Bu haqda RMC Sport xabar berdi.

Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, klub vakillari Parijdagi mehmonxonada muzokara o‘tkazishgan. Uchrashuv yaxshi kechgan bo‘lsa-da, tomonlar transfer borasida to‘liq kelishib olmagan. Ma’lum qilinishicha, Paredes "PSJ" bilan 4,5 yillik shartnoma borasida kelishib olgan. 

Avvalroq "Zenit" argentinalik futbolchi uchun 45 mln yevro miqdordagi transfer narxini belgilagan edi. 

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz