Узбек O'zbek
Oksleyd-Chemberlen qaytmoqda
Chorshanba, 23 Yanvar
5101

«Liverpul» yarimhimoyachisi Aleks Oksleyd-Chemberlen fevral oyi boshida jamoa mashg‘ulotlariga qaytadi. 

2018 yilning iyulida ushbu havbek Chempionlar ligasi yarimfinalida «Roma»ga qarshi o‘yinda olingan jarohat tufayli yangi mavsumni to‘liq o‘tkazib yuborishi aytilgandi. «Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp ham Aleks bu mavsumda yordam berishidan umid qilmayotganini aytib o‘tgandi.

Ammo futbolchi tez tuzala boshladi — Oksleyd-Chemberlen hozirda mashg‘ulotlar zalida fizioterapevtlar kuzatuvida individual mashqlarni bajarmoqda.

Liverpool Echo xabariga ko‘ra, fevral oyida futbolchi umumiy guruh bilan shug‘ullanishni boshlashi mumkin.

Shu tariqa, Oksleyd-Chemberlen mart oyida «Liverpul»ga Chempionlar ligasi nimchorak finali doirasida «Bavariya»ga qarshi kechadigan o‘yinda yordam berishi mumkin bo‘ladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz