Узбек O'zbek
Kokorin va Mamayevning hibsdagi muddati uzaytiriladi
Chorshanba, 23 Yanvar
3600

«Zenit» hujumchisi Aleksandr Kokorin va «Krasnodar» yarimhimoyachisi Pavel Mamayev hali beri ozodlikka chiqmaydi.

Kokorinning advokati Andrey Romashov xabariga ko‘ra, futbolchi 8 fevraldan keyin ham hibsda qoladi.

«Ayblanuvchilar jinoyat ishi bilan tanishishni boshlamadilar. Demak, hibs muddati yana uzaytiriladi. Negadir ishni ko‘rib chiqish jarayoni cho‘zilmoqda. Hali ish sudga oshirilmadi. Oshirilgan taqdirda ham, mahkama kamida 1 oydan keyin boshlanadi. Shu tufayli, hibsda saqlash muddati uzaytiriladi», – dedi Romashov.

Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyida Kokorin va Mamayev Moskva shahrida bir necha mushtlashuvda ishtirok etishgandi. Shundan so‘ng, ular 2 oyga hibsga olindi. 5 dekabr kuni sud ularning hibs muddatini 8 fevralga qadar uzaytirdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz