Узбек O'zbek
«Inter» Perishichni transferga qo‘ydi
Chorshanba, 23 Yanvar
3802

«Inter» yarimhimoyachisi Ivan Perishich klubni tark etishi mumkin.

Corriere della Sera xabariga ko‘ra, «neradzurri» xorvatiyalik futbolchini transferga qo‘ygan va 40 million yevroga sotishga tayyor. Agar u qishda o‘ziga yangi jamoa topmasa ham, yozda baribir klubdan ketadi.

Avvalroq, Perishichni «Manchester Yunayted» va «Atletiko» klublari qo‘lga kiritishga harakat qilishgandi. Har ikkala klub ham muzokarani boshlab yuborgan.

Perishich 2015 yildan beri «Inter»da o‘ynamoqda. Joriy mavsumda 29 yoshli futbolchi A Seriyada 18ta o‘yin o‘tkazib, 3ta gol urgan va 2ta golga hammualliflik qilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz