Узбек O'zbek
SSKA iqtidorli hujumchisi bilan yangi shartnoma imzoladi
Seshanba, 22 Yanvar
1761

SSKA klubi hujumchi Fyodor Chalov bilan yangi shartnomani imzoladi.

Rossiya Premer-Ligasining amaldagi to‘purari 2022 yilgacha «harbiylar» sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.

21 yoshli Chalov SSKA tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2016 yildan beri asosiy tarkibda to‘p tepib kelmoqda va jami 73ta o‘yinda maydonga tushib, 24ta gol urgan. Rossiya chempionatining joriy mavsumida 9ta gol bilan to‘purarlar ro‘yxatini boshqarib turibdi.

Avvalroq, uning xizmatiga «Chelsi», «Roma» va «Bavariya» klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz