Узбек O'zbek
«Tottenhem» muammolar girdobida qoldi
Dushanba, 21 Yanvar
5298

«Tottenhem» yarimhimoyachisi Dele Alli Angliya chempionatining 23-turi doirasida «Fulhem»ga qarshi kechgan o‘yinda (2:1) jarohat oldi.

O‘yinning ikkinchi bo‘limida gol urib, hisobni tenglashtirgan futbolchi 86-daqiqada maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.

«Uning chap tizzasidagi paylar cho‘zilgan.

Umid qilamanki, jiddiy muammo bo‘lmaydi. U tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganidan keyin aniq ma’lumot bera olamiz», – degan «shporlar» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.

Qayd etish kerakki, bungacha ham jamoaning bir necha yetakchi futbolchisi jarohat tufayli safdan chiqqandi. Jamoaning asosiy hujumchisi Harri Keyn martgacha futbol o‘ynay olmaydi, yarimhimoyachi Lukas Moura jarohatini davolashda davom etmoqda, yana bir to‘purar Son Hyong Min esa Osiyo Kubogiga yo‘l olgan. Shuningdek, yarimhimoyachilar Musa Sissoko hamda Erik Dayer ham jarohatda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz