Узбек O'zbek
«Real» yangi transfer bo‘yicha kelishuvga erishdi
Dushanba, 21 Yanvar
16404

«Portu» himoyachisi Eder Militao yozda «Real» safiga qo‘shiladi.

AS nashri ma’lumotiga ko‘ra, «Qirollik klubi» «ajdarlar» bilan braziliyalik futbolchini 50 million yevroga transfer qilish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bu summaning 10 foizi futbolchini tarbiyalagan «San-Paulu»ga beriladi.

Militao ham «Real» bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan, unga ko‘ra futbolchi 2025 yilgacha Madridda bo‘ladi.

Ayni vaqtda 21 yoshda bo‘lgan Militao o‘tgan yilning yozida 4 million yevro evaziga «San-Paulu»dan «Portu»ga kelib qo‘shilgandi. U Portugaliya milliy chempionatining joriy mavsumida 15 uchrashuvda (barchasi — boshlang‘ich tarkibda) ishtirok etdi va bir gol urdi. Militao Chempionlar ligasida ham 5 o‘yinda maydonga tushib, bir gol urgan.

Bundan avvalroq ushbu futbolchiga «Manchester Yunayted» ham jiddiy qiziqayotgani to‘g‘risida xabarlar berilgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz