Узбек O'zbek
Eldor Shomurodov O‘zbekiston terma jamoasi rekordini o‘rnatdi
Payshanba, 17 Yanvar
8082

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Osiyo Kubogi guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan Yaponiyaga (1:2) qarshi o‘yinda raqib darvozasini ishg‘ol etdi.

Natijada, 23 yoshli futbolchi guruhning har bir o‘yinida gol urgan terma jamoa tarixidagi ilk futbolchi bo‘ldi. Eldor dastlabki turda Ummonga (2:1), 2-turda esa Turkmanistonga (4:0) 2ta gol urgan edi.

Shu paytgacha o‘zbekistonlik futbolchilar Osiyo Kubogining guruh bosqichida ko‘pi bilan 2ta o‘yinda gol urishga erishgan edilar. Ular - 2004 yili Mirjalol Qosimov (2ta o‘yinda 2ta gol), 2007 yili Maksim Shatskix (2ta o‘yinda 3ta gol) va Timur Kapadze (2ta o‘yinda 2ta gol) , 2011 yili Odil Ahmedov (2ta o‘yinda 2ta gol) va Server Jeparov (2ta o‘yinda 2ta gol).

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz