Узбек O'zbek
Osiyo Kubogi. Janubiy Koreya guruhda birinchi bo‘ldi, Qirg‘iziston pley-offga chiqishi mumkin
Chorshanba, 16 Yanvar
5302

Birlashgan Arab Amirliklarida Osiyo Kubogining guruh bosqichi nihoyasiga yetmoqda. Bugun S guruhi vakillari so‘nggi tur o‘yinlarini o‘tkazishdi.

Janubiy Koreya terma jamoasi Xitoy bilan bellashdi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Natijada, koreyaliklar birinchi, xitoyliklar ikkinchi o‘rin bilan pley-offga chiqishdi.

Qirg‘iziston terma jamoasi Filippin bilan bellashib, 3:1 hisobida yutdi. Natijada, 3 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi. Bu jamoa taqdiri guruh bosqichining boshqa o‘yinlari yakunlangach ma’lum bo‘ladi. Filippin birorta ochko jamg‘armay uyiga ravona bo‘ldi.

Osiyo Kubogi
S guruhi, 3-tur

Janubiy Koreya – Xitoy 2:0 
Gollar: Hvang Ui-Jo (14 pen), Kim Min-Je (51)

Qirg‘iziston – Filippin 3:1
Gollar: Lyuks (24, 51, 77) – Shrok (80)

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz