Узбек O'zbek
Osiyo Kubogi. Qirg‘iziston terma jamoasi pley-offga chiqdi va raqibini bilib oldi
Chorshanba, 16 Yanvar
13373

Birlashgan Arab Amirliklarida Osiyo Kubogi guruh bosqichining so‘nggi tur o‘yinlari o‘tkazilmoqda.

D guruhida Vetnam terma jamoasi Yaman bilan bellashib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Natijada, 3 ochko va 4:5 to‘plar nisbati bilan uchinchi o‘rinni egalladi. 

Avvalroq, S guruhida Qirg‘iziston terma jamoasi Filippinni 3:1 hisobida mag‘lub etib, 3 ochko va 4:4 to‘plar nisbati bilan uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. Vetnam qayd etgan natijadan so‘ng, qirg‘izistonliklarning uchinchi o‘rinni egallagan eng yaxshi to‘rtta jamoa ichiga kirishi va pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani oydinlashdi.

1/8 finalda Qirg‘iziston terma jamoasiga BAA terma jamoasi raqib bo‘ladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz