Узбек O'zbek
Osiyo Kubogi. Eron birinchi, Iroq ikkinchi o‘rin bilan pley-offga chiqdi, Vetnamda imkoniyat bor
Chorshanba, 16 Yanvar
3163

Birlashgan Arab Amirliklarida Osiyo Kubogining guruh bosqichi nihoyasiga yetmoqda. Bugun D guruhi vakillari so‘nggi tur o‘yinlarini o‘tkazishdi.

Eron terma jamoasi Iroq bilan bellashdi. Bu o‘yinda hisob ochilmadi. Natijada, har ikkala jamoa 7tadan ochko jamg‘ardi. To‘plar nisbatiga ko‘ra eronliklar birinchi, iroqliklar ikkinchi o‘rin bilan pley-offga chiqishdi.

Vetnam terma jamoasi Yaman bilan bellashib, 2:0 hisobida yutdi. Natijada, 3 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi. Bu jamoa taqdiri guruh bosqichining boshqa o‘yinlari yakunlangach ma’lum bo‘ladi. Yaman birorta ochko jamg‘armay uyiga ravona bo‘ldi.

Osiyo Kubogi
D guruhi, 3-tur

Eron – Iroq 0:0 

Vetnam – Yaman 2:0
Gollar: Nguyen (38), Quye Ngok (65 pen)

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz