Узбек O'zbek
Osiyo Kubogi. Bahrayn so‘nggi daqiqada gol urib, pley-offga chiqdi. Hindiston – guruhda qoldi
Dushanba, 14 Yanvar
4723

Birlashgan Arab Amirliklarida Osiyo Kubogining guruh bosqichi nihoyasiga yetmoqda. Bugun A guruhi vakillari so‘nggi tur o‘yinlarini o‘tkazishdi.

Hindiston terma jamoasi Bahrayn bilan bellashdi. Bu bahs taqdirini so‘nggi daqiqada bahraynliklar tomonidan urilgan penalti hal qildi.

Natijada, Bahrayn terma jamoasi 4 ochko bilan guruhda uchinchi bo‘ldi va uchinchi o‘rinni egallagan 4ta jamoa safiga kirib, pley-offga chiqdi. Hindiston 3 ochko bilan so‘nggi o‘rinda qoldi va musobaqani tark etdi.

Osiyo Kubogi
A guruhi, 3-tur
Hindiston – Bahrayn 0:1
Gol: Rashid (90 pen)

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz