Узбек O'zbek
«Zenit» Mxitaryanni olishi mumkin
Juma, 11 Yanvar
3502

«Arsenal» yarimhimoyachisi Genrix Mxitaryan Rossiyaning «Zenit» klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda Armaniston matbuoti xabar bermoqda.

«Mxitaryanga Rossiyadan qiziqish bor. «Zenit» uni qo‘lga kiritmoqchi», deb yozdi jurnalist Grach Xachatryan.

Ayni paytda futbolchi jarohatini davolash bilan mashg‘ul. APL joriy mavsumida Mxitaryan 4ta gol urgan va 2ta golga hammualliflik qilgan. 

29 yoshli armanistonlikning transfer narxi 30 million yevroga baholanishi mumkin.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz