Узбек O'zbek
Aziz Haydarov: «Lokomotiv»ga qaytganimdan juda xursandman»
Juma, 11 Yanvar
2266

«Lokomotiv»ning yangi futbolchisi Azizbek Haydarov klub matbuot xizmatiga intervyu berib, mavsum oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Lokomotiv»da tanishlarim juda ko‘p. Bu yerdagilar meni chaqirishdi. Men bunga yo‘q demadim. Jamoada do‘stlarim juda ko‘p. Yigitlardagi eng yaxshi hususiyatlardan biri hamjihatlik. Barcha bir oiladek. Klubda o‘ziga yarasha ajoyib atmosfera bor. O‘yinga kelsak, jamoa o‘tgan mavsumda chiroyli o‘yinlar ko‘rsatdi. «Lokomotiv»ga qaytganimdan juda ham xursandman.

Klub oldiga har doim yuqori maqsad qo‘yiladi. Jamoa so‘nggi 3 mavsumda chempionlikni hech kimga bermadi. Jamoaning maqsadi o‘zgarmagan: chempionlikni, O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritish, Osiyo chempionlar ligasida ham yuqori o‘rinlar uchun kurashish. Maydonda va uning tashqarisida bu maqsadlar yo‘lida jamoaga yordam berishga harakat qilaman.

Hozir Dubayda yangi mavsum uchun tayyorgarlik ketmoqda. Kuniga 2 mahal mashg‘ulotlarni olib boryapmiz. Futbolchilar ham doim shunday og‘ir mashg‘ulotlardan, qiyinchiliklardan o‘tmasa, mavsum davomida juda qiyin bo‘ladi. O‘zim ham shunday mashg‘ulotlarni sog‘ingandim. Bundan rohatlanyapman. Qiyinchilik bor joyda rohat bo‘ladi. Mashg‘ulot tizimi tufayli hozirda barchaga juda qiyin bo‘lmoqda. Shu tufayli, keyinchalik o‘yinlarda unchalik qiyin bo‘lmaydi.

Terma jamoadagilarning barchasi mening akalarim, ukalarim, do‘stlarim. Termada bo‘lamanmi yoki yo‘qmi, ular bilan qalban birgaman. Har doim ularga omad tilayman. Turkmaniston bilan o‘yin arafasidamiz. Umid qilamanki, termamiz o‘z hisobiga 3 ochkoni yozadi va keyingi bosqich masalasini hal qiladi. Nasib bo‘lsa, butun bir jamoa bo‘lib o‘yinga borishga harakat qilamiz. Milliy termamizga omad tilayman», - dedi Haydarov.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz