Узбек O'zbek
Hakam O‘zbekiston terma jamoasi darvozasiga ikkita penalti belgilamagan
Payshanba, 10 Yanvar
26763

Osiyo Kubogi guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston – Ummon (2:1) o‘yinini boshqargan janubiy koreyalik hakam Ko Hyung-Jin yakuniy natijaga ta’sir qilgan qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ygan.

BeIn Sport xabariga ko‘ra, referi O‘zbekiston terma jamoasi darvozasiga 2ta penalti belgilamagan. Shuningdek, Ummon terma jamoasining ofsayddan urgan golini hisobga olgan. 

Telekanal studiyasida o‘yinni muhokama qilgan mutaxassislar va ekspertlar hakamlar guruhining shunday xatolarga yo‘l qo‘ygani haqidagi xulosaga kelishgan, deb yozadi Futbolium telegram kanali. 

Eslatib o‘tamiz, 36 yoshli Ko Hyung-Jin 2009 yildan beri FIFA referisi hisoblanadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz