Узбек O'zbek
«Real» qishdagi bosh transfer maqsadini belgilab oldi
Chorshanba, 09 Yanvar
16633

«Real» qishki transferlar oynasidagi asosiy nishonini belgilab olgan.

Football Espana nashri Marca manbasiga asoslangan holda xabar berishicha, «qaymoqranglilar» «Portu»dan Eder Militaoni transfer qilishni rejalashtirmoqda.

20 yoshli futbolchi «ajdarlar» bilan 2023 yilgacha shartnoma tuzgan, uning badal puli sifatida 42 mln yevro belgilangan. Ammo mavsum yakunida uning transfer qiymati 50 mln yevroga yetishi mumkin.

Bundan oldinroq Militao uchun «Manchester Yunayted» ham raqobat qilayotgani aytilgandi.

Ayni vaqtda 20 yoshda bo‘lgan Militao 2018 yil yozida 4 million yevr evaziga «San Paulu»dan «Portu»ga kelib qo‘shilgandi. Joriy mavsumda u Portugaliya chempionatida 12 uchrashuvda maydonga tushdi va bir gol urdi. Uning portugallar klubi bilan shartnomasi muddati 2023 yilga qadar tuzilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz