Узбек O'zbek
«Spartak» Samedov bilan xayrlashdi
Yakshanba, 06 Yanvar
3615

«Spartak» klubi va yarimhimoyachi Aleksandr Samedov o‘rtasida imzolangan shartnoma tomonlar kelishuviga asosan bekor qilindi.

34 yoshli futbolchi jamoani tark etdi, deb xabar beradi Chempionat.ru.

Samedov «Spartak» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2002 yilda asosiy tarkibda debyut qilgan edi. 2005-2017 yillar davomida Aleksandr Moskvaning boshqa klublari tarkibida o‘ynadi. 2017 yilda «Spartak»ka qaytib, jamoa bilan Rossiya chempioni va Superkubok sohibi bo‘ldi. 

Samedov «Spartak» tarkibida jami 109ta o‘yinda maydonga tushib, 15ta gol urgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz