Узбек O'zbek
«Real» «yangi Pepe» uchun kurashga qo‘shildi
Yakshanba, 06 Yanvar
6246

«Real» «Portu»ning braziliyalik himoyachisi Eder Militao uchun kurashga qo‘shildi.

Marca nashri ma’lumotiga ko‘ra, «Qirollik klubi» vakillari ushbu futbolchining o‘yinlarini kuzatib borishmoqda va uning maydondagi harakatlari bo‘yicha ijobiy hisobotlar tayyorlashgan.

«Portu» «yangi Pepe» nomini olgan Militao uchun 50 mln yevro miqdorida narx belgilagan. Ayni vaqtda unga asosiy talabgor «Manchester Yunayted» bo‘lib turibdi. Militao portugal pasportiga ega va u Yevropa Ittifoqi a’zosi bo‘lgan mamlakatlarda legioner hisoblanmaydi.

Ayni vaqtda 20 yoshda bo‘lgan Militao 2018 yil yozida 4 million yevr evaziga «San Paulu»dan «Portu»ga kelib qo‘shilgandi. Joriy mavsumda u Portugaliya chempionatida 12 uchrashuvda maydonga tushdi va bir gol urdi. Uning portugallar klubi bilan shartnomasi muddati 2023 yilga qadar tuzilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz