Узбек O'zbek
Messi «Santyago Bernabeu»da Argentina termasiga qaytishi mumkin
Yakshanba, 06 Yanvar
5809

Argentina Ispaniyada Venesuelaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Marca xabariga ko‘ra, bu uchrashuvda argentinaliklar safiga «Barselona» hujumchisi Lionel Messi qaytishi mumkin.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Argentina futbol federatsiyasi ayni vaqtda uchrashuv joyi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Ko‘rib chiqilayotgan variantlar orasida Barselonadagi «Kamp Nou», Madriddagi «Santyago Bernabeu» hamda  «Vanda Metropolitano» stadionlari ham bor. O‘rtoqlik uchrashuvi shu yilning 22 yoki 26 mart kunlarida o‘tkazilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Messi 2018 yilgi jahon chempionatidan keyin Argentina terma jamoasidan ketgandi. Rossiyadagi mundialda argentinaliklar 1/8 finalda bo‘lajak chempion — Fransiya termasiga mag‘lub bo‘lib (3:4), turnirni tark etishgandi.

Ayni vaqtda 31 yoshda bo‘lgan Messi Argentina termasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi, u argentinaliklar termasi safida 128 uchrashuv o‘tkazib, 65 gol urgan, JCH-2014 finalida o‘ynagan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz