Узбек O'zbek
«Manchester Yunayted» «Roma»dan himoyachi oladi
Yakshanba, 06 Yanvar
5632

«Manchester Yunayted» yozgi transferlar chog‘ida «Roma»dan gretsiyalik himoyachi Kostas Manolasni transfer qiladi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar bermoqda.

Manolasning rimliklar klubi bilan shartnomasida badal puli sifatida 36 mln yevro ko‘rsatilgan. «Qizil iblislar» shu summani to‘lashga tayyor va futbolchining o‘ziga yiliga 6 mln yevro miqdorida maosh taklif qilishmoqda.

«Roma» rahbariyati Kostas bilan yangi shartnoma tuzishga va keyinchalik uni qimmatroqqa sotishga urinmoqda. Ammo hozircha bunday harakatlarning barchasi samarasiz ketmoqda

Ayni vaqtda 27 yoshda bo‘lgan Manolasga «Yuventus» klubidan ham qiziqish mavjud.

Kostas 2014 yildan buyon «Roma» safida to‘p surib kelmoqda. U A Seriyaning joriy mavsumida 16 uchrashuvda ishtirok etib, bir gol urdi va bir golga uzatma berdi. Uning rimliklar klubi bilan shartnomasi muddati 2022 yil 30 iyunigacha tuzilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz