Узбек O'zbek
Azmun Eronga qaytadi
Yakshanba, 06 Yanvar
5167

«Rubin» hujumchisi Serdar Azmun Eronning «Traktorsoziy» klubi bilan kelishuvga erishdi.

Tasnim News Agency manbasi ma’lumotiga ko‘ra, eronlik 24 yoshli futbolchi Osiyo Kubogidan keyin yangi klubi safiga kelib qo‘shiladi. Ayni vaqtda Azmun Eron milliy terma jamoasi ixtiyorida bo‘lib turibdi. Uning rossiyaliklar klubi bilan amaldagi shartnomasi 2020 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. 

Bundan avvalroq Azmunga Yevropaning qator klublari tomonidan qiziqishlar mavjudligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi. 

Azmun «Rubin» safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Joriy mavsumda eronlik hujumchi qozonliklar klubi safida Rossiya Premer-Ligasining 14 uchrashuvida maydonga tushib, 4 gol urdi va 4 golga uzatma berdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz