Узбек O'zbek
Skaloni: «Messini terma jamoaga qaytarmoqchimiz»
Shanba, 29 Dekabr
3204

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni «Barselona» hujumchisi Lionel Messini «albiseleste» tarkibiga qaytarishga urinayotganini aytdi.

«Messi bilan tez-tez gaplashayotganim yo‘q, ammo aloqamiz bor. Biz uni 2019 yilda tarkibimizga qaytarishga urinyapmiz. Bu borada muzokara o‘tkazmoqchimiz, umid qilamanki, hammasi biz uchun ijobiy tugaydi.

Messi biz uchun juda muhim futbolchi. Har qanday murabbiy u bilan birga ishlashni istaydi, shaxsan o‘zim esa bundan eng ko‘p manfaatdor odamman», – deb 40 yoshli mutaxassis so‘zlarini keltirmoqda Goal.

Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi jahon chempionati 1/8 finalida Fransiyadan (3:4) uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng, terma jamoadagi faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatgan edi. U Argentina tarkibida 128ta o‘yin o‘tkazib, 65ta gol urgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz