Узбек O'zbek
Kokorin va Mamayevni qo‘llab-quvvatlash aksiyasiga 8 kishi keldi
Shanba, 29 Dekabr
3133

Sankt-Peterburgda «Zenit» hujumchisi Aleksandr Kokorin va «Krasnodar» yarimhimoyachisi Pavel Mamayevni qo‘llab-quvvatlash aksiyasi tashkil etildi.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, juma kuni «Gazprom–Arena» stadioni oldida o‘tgan aksiyaga sakkiz kishi yig‘ilgan. Tashkilotchilar qirqqa yaqin ishtirokchi bo‘lishini taxmin qilishgandi.

«Men bu yerga ham ona sifatida, ham muxlis, ham inson sifatida keldim. Ularni mehribonlik uyiga jo‘natish bilan jazolash to‘g‘riroq bo‘lardi, u yerda shu ikki oy davomida bolalarni shug‘ullantirishardi», – degan aksiya ishtirokchilaridan biridan iqtibos keltirmoqda TVNET.

Eslatib o‘tamiz, ushbu ikki futbolchi oktyabr oyida Moskva shahri markazida ro‘y bergan 2ta janjal va mushtlashuvda ishtirok etgani bois hibsda ushlab turilibdi. Ular davlat amaldori Denis Pak va haydovchi Vitaliy Solovchukni do‘pposlaganlikda ayblanmoqda.

Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining «Tan jarohati yetkazish» va «Bezorilik» moddalari bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan edi, ammo o‘tgan hafta tergovchi «Tan jarohati yetkazish» ayblovini «Bezorilik natijasida qasddan yengil tan jarohati yetkazish» moddasiga o‘zgartirgani ma’lum bo‘ldi.

Gumondorlar sud qaroriga asosan 8 fevralga qadar tergov izolyatorida ushlab turiladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz