Узбек O'zbek
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi: «Messi bilan muzokaralar davom ettiriladi»
Shanba, 29 Dekabr
2282

Argentina termasi bosh murabiyi vazifasini bajaruvchi Lionel Skaloni «Barselona» hujumchisi Lionel Messi tez orada jamoaga qaytishiga umid bildirdi.

«Messi bilan ko‘p ham muloqotda bo‘lavermayman, ammo xabarlashib turamiz. 2019 yilda uning terma jamoaga qo‘shilishiga erishish uchun harakat qilmoqchimiz. Bizni muzokaralar kutmoqda. Bu harakatlarimiz ijobiy samara berishiga umid qilyapmiz.

Biz uchun bu muhim ahamiyatga ega. Har qanday murabbiy unga ustozlik qilishni istagan bo‘lardi, o‘zim esa buni hammadan ko‘proq xohlayman», –deb aytib o‘tgan Skalonidan iqtibos keltirdi Goal.

31 yoshli Leo Argentina termasining JCH-2018dagi muvaffaqiyatsizligidan keyingi barcha o‘yinlarni o‘tkazib yubordi.

Avvalroq mamlakat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Klaudio Tapiya Messi bilan uchrashib, uni termaga qaytishga ko‘ndirmoqchi bo‘lgani xabar qilingan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz