Узбек O'zbek
O‘zbekiston Osiyo Kubogi oldidan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazmaydigan bo‘ldi
Juma, 28 Dekabr
4078

Ayni paytda Turkiyada yig‘in o‘tkazayotgan O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogiga qadar o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazmaydigan bo‘ldi. Bu haqda O‘FA rasmiy saytida ma’lum qilingan.

Xabarda aytilishicha, yig‘in doirasida bitta nazorat o‘yini o‘tkazish rejalashtirilgan, ammo bosh murabbiy Ektor Kuper turli jarohatlarning oldini olish maqsadida bu fikridan qaytgan.

15 dekabrdan buyon Antaliyada shug‘ullanayotgan jamoa 29 dekabrdan 30 dekabrga o‘tar kechasi Toshkentga qaytib keladi. Keyin 2 yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklariga yo‘l olishadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Osiyo Kubogidagi dastlabki o‘yini 9 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Ilk raqib - Ummon termasi.

«Osiyo kubogi guruh bosqichidagi eng qiyini Yaponiya bilan o‘yin emas»

Qo‘shimcha sifatida, BAAga boruvchi futbolchilarning 23 kishilik ro‘yxatini qaytadan keltirib o‘tamiz.

Darvozabonlar:
1. Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv") 
12. Sanjar Quvvatov ("Nasaf")
21. O‘tkir Yusupov ("Qo‘qon-1912")

Himoyachilar:
2. Akmal Shorahmedov ("Paxtakor") 
3. Doston Tursunov ("R. Yamaguchi", Yaponiya)
4. Farrux Sayfiyev ("Paxtakor")
5. Anzur Ismoilov ("Lokomotiv")
6. Davron Hoshimov ("Navbahor")
13. Oleg Zoteyev ("Lokomotiv")
15. Yegor Krimets ("Paxtakor")
20. Islom To‘xtaxo‘jayev ("Lokomotiv")

Yarim himoyachilar:
8. Ikrom Aliboyev ("Seul", Janubiy Koreya)
9. Odil Ahmedov ("Shanxay SIPG", Xitoy)
11. Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor")
14. Eldor Shomurodov ("Rostov", Rossiya)
16. Aziz Turg‘unboyev ("Navbahor")
17. Doston Hamdamov ("Anji", Rossiya)
18. Fozil Musayev ("Jubilo Ivata", Yaponiya)
19. Otabek Shukurov ("Sharja", BAA)
22. Javohir Sidiqov ("Qo‘qon-1912")
23. Odil Hamrobekov ("Nasaf")

Hujumchilar:
7. Sardor Rashidov ("Lokomotiv")
10. Marat Bikmayev ("Lokomotiv")

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz