Узбек O'zbek
«Barselona» Rayola tufayli Yevropaning eng yaxshi yosh futbolchisi transferidan voz kechmoqda
Seshanba, 25 Dekabr
11730

«Barselona» «Ayaks» himoyachisi Matteys de Ligt transferi bo‘yicha muzokaralarda chiqishni rejalashtirmoqda.

El Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, 19 yoshli futbolchining agenti Mino Rayola mijozini xarid qilmoqchi bo‘layotgan klublar uchun auksion o‘tkazmoqchi. Bu orqali u niderland yulduzini eng ko‘p maosh to‘lay oluvchi klubga o‘tkazish niyatida.

De Ligtga «Barsa»dan tashqari «Yuventus» va «Bavariya» ham qiziqish bildirmoqda.

«Ko‘k-anorranglilar» «Ayaks»dan De Ligtni qishda, yana bir yarimhimoyachi Frenki de Yongni esa yozda xarid qilishni reja qilishgandi. Shundan so‘ng har ikkala futbolchiga ham bir xil miqdorda maosh tayinlashni o‘ylashgan. Ammo, agar Rayola auksion o‘tkazadigan bo‘lsa, klub unga ancha yuqori maosh taklif qilishiga to‘g‘ri kelib qoladi; de Ligt va de Yongning maoshlari farq qilishi salbiy oqibatga olib kelishi ehtimoli bor.

Eslatib o‘tamiz, Matteys o‘tgan hafta Yevropaning eng yaxshi yosh futbolchisiga topshiriladigan «Golden Boy» mukofoti sohibi bo‘lgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz